Dom dardida parodiya – Abror Shavvazov Текст
Dom dardida parodiya Abror Shavvazov Текст
Uy qulab ketmasmi deb yuboraman
Nomiga qurilgan domning ostida
Uylaring to’kildi bitmayin yana
Normalniy qur deya xalq norozida
Narx oshib ketmasin deb yolvoraman
Kredit olganman katta foizga
Uyidan ham balandroq ekan
Narxni ko’rib aqlim aqlim ozdida
Mayli so’mda denglar mayli dollarda
Sement armatura qo’shinglar ko’proq
Bitta zilzilaga dosh beraolmasa
Qurgan uylaringdan o’tov yaxshiroq
Reklama qildinglar vadalar qopqon
Jimdirab boryapti qishga ulgurmay
Bitqazmay quydirgan prorablar ham
Hokimga aytaymi portalga yozay
Yo kutib o’taymi yo so’kib ketay
Arendada qoldim to’rt bolam bilan
Bir xona uydamiz qaynota qaynam
Eridan qaytib kelgan qaynopam bilan
Mayli yozda denglar mayli bahorda
Faqat sizlar prav bizlar gunohkor
Shuncha vaqt o’tsa ham uydan darak yo’q
Bahor esa kelar takror te takror
Mayli telba denglar mayli terpila
To’rtta qo’shnim guvoh isbot dalil bor
Pulni cho’ntagiga urib pinhona
Kimning seyfi to’lar kimdur bo’lar hor
Mayli yozda denglar mayli bahorda
Faqat sizlar prav bizlar gunohkor
Shuncha vaqt o’tsa ham uydan darak yo’q
Bahor esa kelar takror te takror