Dilso’z – Mayda-mayda Текст
Dilso’z – Mayda-mayda Текст
Sog‘indim jonim visoling
Ne bo‘ldi, nedir ahvoling?
Sog‘ingandirsan sen ham meni
Shumidi sevgi shu boring?
Ko‘zlarim faqat yo‘lingda
Xayolim faqat o‘zingda
Eslayman shirin so‘zlaring
Shumidi endi sevganing?
Mayda-mayda mayda-mayda yog‘ar yomg‘ir
Sensizlikning dardi menga buncha og‘ir?
Azoblaydi bu yurakni zolim taqdir
Nega og‘ir, faqat menga og‘ir (2x)
Ne sabab sevib aldading?
Qalbimni yomon qiynading
Va’dalaring nahot yolg‘onmidi?
Ko‘rgim kelyapti ko‘zlaring
Yuragim senga zor, azoblarda xor
Ikki ko‘zlarimga bu dunyolar tor
Taqdirdan roziman sen yonimda qol
Bilaman hali ham menda ko‘ngling bor
Mayda-mayda mayda-mayda yog‘ar yomg‘ir
Sensizlikning dardi menga buncha og‘ir?
Azoblaydi bu yurakni zolim taqdir
Nega og‘ir, faqat menga og‘ir (2x)