Dildora Niyozova – O’g’lingu qizing Текст
Dildora Niyozova – O’g’lingu qizing Текст
Yaraqlagan uylaring chang bo‘lsayam siqilma
Ro‘zg‘oringda bir nimang kam bo‘lsayam siqilma
Tashvishlardan kunda bir jang bo‘lsayam siqilma
O‘g‘ling yeb o‘rga ketar, qizing yeb qirga
Chaynayotgan noningni bolamga deb o‘larsan
Katta bo‘lsa gap bilan bir siltasa so‘larsan
Bino qo‘yma, siylama, po‘palama ko‘rarsan
O‘g‘ling yeb o‘rga ketar, qizing yeb qirga ketar
G‘am tushib sochingda oqlar oralar
Baxtin topmasa qalbing poralar
O‘g‘ling yeb o‘rga ketar
Qizing yeb qirga ketar
Sochlaringda oqlar oralar
Vujudingni hasrat poralar
O‘g‘ling yeb o‘rga ketar
Qizing yeb qirga ketar
G‘amni ochsang ko‘nglingga to‘lib ketaverarsan
Oftob urgan maysaday so‘lib ketaverasan
Yuragingni changallab o‘lib ketaverasan
O‘g‘ling yeb o‘rga ketar, qizing yeb qirga ketar
To‘rt pul topsang yarmini keksalikga olib qo‘y
Yig‘ib eski nimchangni cho‘ntagiga solib qo‘y
O‘n bola bir otani boqolmaydi bilib qo‘y
O‘g‘ling yeb o‘rga ketar, qizing yeb qirga ketar
G‘am tushib sochingda oqlar oralar
Baxtin topmasa qalbing poralar
O‘g‘ling yeb o‘rga ketar
Qizing yeb qirga ketar
Sochlaringda oqlar oralar
Vujudingni hasrat poralar
O‘g‘ling yeb o‘rga ketar
Qizing yeb qirga ketar