Dildora Niyozova – Jonim bollarim Текст


Язык песни: Узбекский

Dildora Niyozova – Jonim bollarim Текст

O’tayapman bu sinovli yo’llardan
Dars olib dard hasrati bor dillardan
Umringizni tilab uzun yo’llardan
Yaratganga duo qildim zorlanib
Yaxshiyam siz borsiz jonim bolalarim

Yana Haqqa shukur aytgum albatta
Yashaganim uchun hurmat izzatda

Yana shunday huzur te halovatda
Inshaalloh duoda qo’llarim
Yaxshiyam siz borsiz jonim bolalarim

Dastingizdan goho kuysam ham
Goho shirin achchiq dardni tuysamda
Peshonamda nima bo’lsa ham
Bugun faqat duodadir qo’llarim

Ko’rib ming ming shukur qildim zorlanib
Inshaalloh duoda qo’llarim
Yaxshiyam siz borsiz jonim bolalarim

Biringiz gul biringiz bulbulimsiz
Biringiz jonim biringiz dilimsiz
Qayga uzatsam yetguvchi qo’limsiz
Yonimdasiz ayting kimdan kamim bor
Yaxshiyam siz borsiz jonim bolalarim

Yig’ilsangiz uyim baxtga to’ladi
Otangiz ham podishoxday yuradi
Onangiz ham qirolicha bo’ladi
Yana orzu havasda hayollarim
Yaxshiyam siz borsiz jonim bolalarim

Yana Haqqa shukur aytgum albatta
Yashaganim uchun hurmat izzatda
Yana shunday huzur te halovatda
Inshaalloh duoda qo’llarim
Yaxshiyam siz borsiz jonim bolalarim
Yaxshiyam siz borsiz jonim bolalarim