Bunyodbek Odilbekov – Hudoyimdan umid uzmadim Текст


Язык песни: Узбекский

 

Bunyodbek Odilbekov – Hudoyimdan umid uzmadim Текст

Nomardlarga qo’lim cho’zmadim
Hiyonatga hiyla tuzmadim
Hammasi ko’rguvchi bordur
Hudoyimdan umid uzmadim

Qadrsizlar qadrim bilar deb
Yuragdagi dardim bilar deb
Ketgan omad bir kun kelar deb
Hudoyimdan umid uzmadim

Do’stni do’st deb yuragimda ham
Vafosizdir qoshlari qalam
Dunyolardan to’yib ketsam ham
Hudoyimdan umid uzmadim

Omadsizlik ochganda quchoq
Dardchorimga bo’lganda mushtoq
Yaqinlarim ketganda yiroq
Hudoyimdan umid uzmadim

G’am ortidan kelganda quvonch
Shaytonlarni oshin suzmadim
Bandasidan qo’rqadi ishonch
Hudoyimdan umid uzmadim

Goh yurag g’amlarga to’lib
Yig’lamadim yashadim kulib
Xasad emas xavaslar qilib
Hudoyimdan umid uzmadim

Yuragimda armon bo’lsa ham
Atrofimda do’stlar to’lsa ham
Davrim kelib omad kulsa ham
Hudoyimdan umid uzmadim

Qadrsizlar qadrim bilar deb
Yuragdagi dardim bilar deb
Ketgan omad bir kun kelar deb
Hudoyimdan umid uzmadim

Nomardlarga qo’lim cho’zmadim
Hiyonatga hiyla tuzmadim
Hammasi ko’rguvchi bordur
Hudoyimdan umid uzmadim

Do’stni do’st deb yuragimda ham
Vafosizdir qoshlari qalam
Dunyolardan to’yib ketsam ham
Hudoyimdan umid uzmadim