Bunyodbek Odilbekov – Dildoram Текст


Bunyodbek Odilbekov – Dildoram Текст

Behos paydo bo’lib mani yo’limga
Qaydan kirib olding ekan dilimga
Endi ketsan nima deyman ko’nglimga
Taqdir bu ketgan dildorim-ey

Yuragidan bir o’q yegan jayrondan
Endi sensiz tunlar ichra vayronman
Erta-indin to’ying ekan hayronman
Taqdir bu ketgan dildorim-ey

(Diling dili dildoram
Aldading a ayyoram
Diling dili dildoram
Tashlab ketdi makkoram) x2

Oq ko’ylakda ketding qoldim zorlanib
Dodlar urdim yig’lolmadim xorlanib
Endi masdman ko’cha-ko’yda sudralib
Taqdir bu ketgan dildorim-ey

Endi afsus nadomadlar ursin kim
Aytgin yonda senga o’xshab tursin kim
Menda endi Uchqo’rg’onda yursin kim
Taqdir bu ketgan dildorim-ey

(Diling dili dildoram
Aldading a ayyoram
Diling dili dildoram
Tashlab ketdi makkoram) x2

Hotiralar qoldi yodda sanab qo’y
Farzand ko’rsang yuzlaridan silab qo’y
Unutvorma Ozodni ham eslab qo’y
Taqdir bu ketgan dildorim-ey

Yuragidan bir o’q yegan jayrondan
Endi sensiz tunlar ichra vayronman
Erta endi to’ying ekan hayronman
Taqdir bu ketgan dildorim-ey

(Diling dili dildoram
Aldading a ayyoram
Diling dili dildoram
Tashlab ketdi makkoram) x2