Bolam – Izzatbek Qo’qonov Текст


Bolam Izzatbek Qo’qonov Текст

Bugun borman ertaga
Borman yo yo’qman
Xabar olmaysan nechun
Ochmanmi yo to’qman

Asoga suyangancha
Mehringa mushtoqman
O’zing ayt ahir bolam
Sendan boshqa kimim bor

Bolam bir kun qabrimga
Tuproq tashlar kuning bor
Kunduzim tun tonglarim
Otmas bo’lib botganmi

Zulmatdaman quyoshim
Nurlarin yo’qotganmi
Ko’zimga qarab aytchi
Yuraging tosh qotganmi

Bolam bir kun qabrimga
Tuproq tashlar kuning bor
O’zing ayt ahir bolam
Sendan boshqa kimim bor

Bolam desam jon bolam
Bolangni g’amin yeysan
Ayolingdan zir titrab
Ro’zgoring g’amin yeysan

Men-ku mayli ertaga
Hudoga nima deysan
Bolam bir kun qabrimga
Tuproq tashlar kuning bor
O’zing ayt ahir bolam
Sendan boshqa kimim bor

Bir paytlari yelkamda
Quvnar eding ot bo’l deb
Tizzamni yerga tirab
Chopardim sen shod bo’l deb

Ruhim shodlar Jahannam
Azobiga yod bo’l deb
Bolam bir kun qabrimga
Tuproq tashlar kuning bor
O’zing ayt ahir bolam
Sendan boshqa kimim bor

Onang bilan ikkimiz
Kunimizni ko’ryapmiz
Yaratganga yolvorib
Baxtingni so’rayapmiz

Sochlarda qor dilda g’am
Kundan kun qariyapmiz
Bolam bir kun qabrimga
Tuproq tashlar kuning bor
O’zing ayt ahir bolam
Sendan boshqa kimim bor