Baxtlimisan – Afruza Текст


Baxtlimisan – Afruza Текст

Borsam yaqin ketding nari
Sog’indim vaqt o’tgan sari
Aytgin ko’zimning gavhari
Baxtlimisan

Sevgi nu uchun berilgan
Nega sevmaydi sevilgan
Ko’rdim qoshlari terilgan
Baxtlimisan

Ketaverding baxtlar tilab
Qolaverdim baxting so’rab
Alamlarni g’amga ulab
Baxtlimisan baxtlimisan

Ko’zimda yosh holim yomon
Aytgin shunchalarmi oson
Qilib mani bag’rimni qon
Baxtlimisan

(Tim tim tim tomchilar
Ko’zlaringdan yosh tomchilar
Tosh tosh yuraginga sanchilar)x2

Ketar bo’ldi ikki tomon
Yig’laydi dil til bezabon
Sensiz holim chindan yomon
Baxtlimisan

Sevging o’tda yoqar tanam
Yoqolmadi ishq daftarim
Umrimda bir bor sevganim
Baxtlimisan

Bevafoning ko’zlaridan
Oqib ketdim oqib ketdim
Haroratsiz tuyg’ulardan
Sovub ketdim sovub ketdim

Qalbim to’lar muzlar bilan
Qolib qolib qolib ketdim
Nima bo’lsa bo’ldi mayli
Baxtlimisan

(Tim tim tim tomchilar
Ko’zlaringdan yosh tomchilar
Tosh tosh yuraginga sanchilar)x2