Aziz Nur – Musofirda yurgan do’stlarim Текст


Aziz Nur – Musofirda yurgan do’stlarim Текст

Issiq sovuq kunlarga ko’ngan
Goho chidar goho to’ygan
Taqdir uning bag’rini o’ygan
Musofirda yurgan do’stlarim

O’gir mehnat charchoq bilmaydi
Oilam deb bir zum tinmaydi
Yillar uzun yurtga kelmaydi
Musofirda yurgan do’stlarim

(Do’stlarim eh do’stlarim
Oilam deb yurgan do’stlarim
O’zidan o’tganin o’zi biladi
Musofirda yurgan do’stlarim) x2

Sahar oshga bora olmaydi
Do’stlar to’yin ko’ra olmaydi
Eh hotirjam yura olmaydi
Musofirda yurgan do’stlarim

Yor nu kutar kutar bolasi
Tushlariga kirar onasi
Zir titraydi ko’ngil honasi
Musofirda yurgan do’stlarim

Sog’u omon bo’ling har doim
Yig’lamangiz kuling siz har doim
Doimo asrasin sizni Hudoyim
Musofirda yurgan do’stlarim

(Do’stlarim eh do’stlarim
Oilam deb yurgan do’stlarim
O’zidan o’tganin o’zi biladi
Musofirda yurgan do’stlarim) x2