Asadbek Odilov – Ishonmay qo’ydim Текст


Язык песни: Узбекский

Asadbek Odilov – Ishonmay qo’ydim Текст

Har dam boshim urilib toshga
Xiyonatdan, yolg‘ondan to‘ydim
Men shunchaki Xudodan boshqa
O‘zimga ham ishonmay qo‘ydim

Yolg‘on erur har aytgan so‘zi
Omadimni ko‘rolmas ko‘zi
Kulib turgan soxtadir yuzi
Hatto do‘stga ishonmay qo‘ydim

Hayotimga chorlagan qayg‘u
Sevdim deya ichirgan og‘u
Qalam qoshli ko‘zlari ohu
Sanamlarga ishonmay qo‘ydim

Sirimni sotar yonimda yurib
Og‘ir damda berolmas turib
Har qadamda xiyonat ko‘rib
Odamlarga ishonmay qo‘ydim

Dil beribman bilmayin muzga
Duch keltirdi xazonli kuzga
Ota-onam, Ollohdan o‘zga
Hech kimsaga ishonmay qo‘ydim

Har xil balo, ofatga to‘lgan
Vafo qilmas, beqaror bo‘lgan
Yaxshilarning ustidan kulgan
Dunyolarga ishonmay qo‘ydim, eh
Dunyolarga ishonmay qo‘ydim

Har dam boshim urilib toshga
Xiyonatdan, yolg‘ondan to‘ydim
Men shunchaki Xudodan boshqa
O‘zimga ham ishonmay qo‘ydim
Dunyolarga ishonmay qo‘ydim