Anvar G’aniyev – Qaro ko’zlar Текст


 

Anvar G’aniyev – Qaro ko’zlar Текст

Bilmay qoldim qayda adashdim
Bahor o’tib kuzda adashdim
Kulib turib yolg’on so’zlagan
Qaro qaro ko’zda adashdim

Sendan o’zga bo’lmaydi degan
Sensiz ko’nglim to’lmaydi degan
Senla baxtim so’nmaydi degan
O’sha shirin so’zda adashdim

Qaro qaro ko’zlarda
Shirin shirin so’zlarda
Yolg’on kulgan yuzlarda
Adashdim yor adashdim

Aro aro yo’llarda
Ko’nglim sarson cho’llarda
Bahor emas kuzlarda
Adashdim yor adashdim

Jonim qo’ygin yolg’onlaringni
Yolg’on ohu-fidolaringni
Bildim qayda qolganlaringni
Sen adashgan izda adashdim

Qisqa ekan muhabbat fasli
Mehrga zor odamzot nasli
Ko’ngil emas jonim men asli
Manglaydagi tuzda adashdim

Qaro qaro ko’zlarda
Shirin shirin so’zlarda
Yolg’on kulgan yuzlarda
Adashdim yor adashdim

Aro aro yo’llarda
Ko’nglim sarson cho’llarda
Bahor emas kuzlarda
Adashdim yor adashdim