Алибек Садиков – Туйинга боролмайман Текст


Язык песни: Узбекский

Алибек Садиков – Туйинга боролмайман Текст

Bugun qanday yomon kuni bilolmayman
Shum xabardan ezildi bu yurakginam
Kelin bo‘lding qalbimdagi guldekginam
Mayli to‘ying bo‘laversin borolmayman

Gulim endi meni mendan olib ketding
Baxt qasrimni tiklasam-da buzib ketding
Baxtli kuningni man afsus ko‘rolmayman
Mayli to‘ying bo‘laversin borolmayman

Narxi arzon bo‘ldi sevgim bozoringda
Kechiring deb yarim yo‘lda qaytmaysanmi?
Oppoq libosingda seni ko‘rolmayman
Mayli to‘ying bo‘laversin borolmayman

Xay-xay o‘lan, jon o‘lan
O‘lanchi qiz yor-yor
Va’dasida turmagan-ey
Yolg‘onchi qiz yor-yor

Birga o‘tgan kunlarimiz eslaysanmi?
Nahot shuncha xotiralar yodda emas
Sevganimni afsus-ki sen bilmaysanmi?
Mayli to‘ying bo‘laversin borolmayman

Yurakginam charchab ketdi yolg‘onlardan
Sendek ayyorgina narxi arzonlardan
Taklifnoma berma uni ololmayman
Mayli to‘ying bo‘laversin borolmayman

Unutaman, mayli seni eslamayman
Eslab yana yuragimni tirnamayman
Bir umrga xiyonating kechirolmayman
Mayli to‘ying bo‘laversin borolmayman

Xay-xay o‘lan, jon o‘lan
O‘lanchi qiz yor-yor
Va’dasida turmagan-ey
Yolg‘onchi qiz yor-yor