Фируз Рузметов – Хамдамча Текст
Фируз Рузметов – Хамдамча Текст
O‘polmadim quyonchamni yuzchasidan
Yurolmadim qo‘l ushlashib ko‘chasidan
Yor-yor aytsa ketayapsan kulib-kulib, kulib-kulib
O‘tolmayman bosh ko‘tarib ko‘chasidan
Ko‘ngil qo‘ygan yigitingiz mashxur ekan
Bilolmadim qulog‘izga nelar degan
Nima desa mayli debsiz, mayli-mayli, mayli-mayli
Qulog‘izni tishlaganim bilarmikan?
(Ogohlantiring Xamdamchani
Yerda qoldirmasin so‘ngi so‘zim
Qulog‘ingizdagi chandiqchani
Muallifi o‘zim o‘zim o‘zim)x2
To‘yonaga she’rlarimni qo‘shib bering
Mashxur bo‘lganimni unga aytib qo‘ying
Yor-yoringiz yuragimga botib-botib, botib-botib
Men-ku mayli siz iltimos baxtli bo‘ling
Sabr degan bir tulporni olsam minib
Yigit baxtli bo‘lmasa ham qolmas sinib
Unutsam ham ammo yurak unutmaydi, unutmaydi
Biz yurakdan sevdik hech ham ketmas so‘nib
(Ogohlantiring Xamdamchani
Yerda qoldirmasin so‘ngi so‘zim
Qulog‘ingizdagi chandiqchani
Muallifi o‘zim o‘zim o‘zim)x2