Фаррух Раимов – Кайсаргинам Текст


Язык песни: Узбекский

Фаррух Раимов – Кайсаргинам Текст

Bugun yanayam chiroyli bo‘libsan
Atirgulli ko‘ylagingni kiyibsan
Dugonangdan xatlar berdim necha bor, necha bor
Uch yil bo‘ldi javob bermay yuribsan

Sochlaring jamalak, kipriklaring kapalak
Qaysarliging biram shunday shirin-da
Sochlaring jamalak, kipriklaring kapalak
Sevishingni tan olishing qiyin-da

Qaysarginam, qaysarim
O‘zimni qaysarim
Ey, jinnilarcha sevishimni bilmaysan
Qaysarginam, qaysarim
O‘zimni qaysarim
Sendan o‘tar tentakligim bilmaysan (2x)

Bir devorning orqasida turasan
Mendan boshqa yana kimga tegasan?
Atirgulli ko‘ylagingni kiyib kel, kiyib kel
Bo‘ldi endi o‘n to‘qqizga kiryapsan

Sochlaring jamalak, kipriklaring kapalak
Qaysarliging biram shunday shirin-da
Sochlaring jamalak, kipriklaring kapalak
Sevishingni tan olishing qiyin-da

Qaysarginam, qaysarim
O‘zimni qaysarim
Ey, jinnilarcha sevishimni bilmaysan
Qaysarginam, qaysarim
O‘zimni qaysarim
Sendan o‘tar tentakligim bilmaysan (2x)