Аброр Дустов – Аразингдан Текст


Язык песни: Узбекский

Аброр Дустов – Аразингдан Текст

Ba’zan kulib, ba’zan ko‘zyosh to‘kib o‘tdim
Muhabbatning azoblarin chekib o‘tdim
Sevgi shunday bo‘lsa aytgin, sevib netdim?
Arazingdan o‘rgildim-ey, arazingdan

Garchi ishqing bilam kuydim devonavor
Kunda bir bor rashking qilar dunyoni tor

(Qovog‘ingdan yog‘ilgani yomg‘ir va qor
Arazingdan o‘rgildim-ey, arazingdan)x2

(So‘zlaringdan zahar tomar bol o‘rniga
Asabimni xo‘p chalding-a tor o‘rniga)x2

(Yoki o‘zga yor topaymi yor o‘rniga?
Arazingdan o‘rgildim-ey, arazingdan)x2

Bir paytlar so‘zing asal edu yo bol
Parvonadek kunda ming bor so‘rarding hol

(Bitta gap kam, bugun ikki so‘zim malol
Arazingdan o‘rgildim-ey, arazingdan)x2

O‘zi ketar, o‘zi qaytar yor bo‘lmagin
Arazni qo‘y, buncha ko‘ngli tor bo‘lmagin

(Ketar bo‘lsam izlarimga zor bo‘lmagin
Arazingdan o‘rgildim-ey, arazingdan)x2

Oshiq taslim bo‘lmas, ishqda kurashadi
Shunda pizga havas ila qarashadi

(Mayli pizga ishq o‘yinlar yarashadi
Arazingdan o‘rgildim-ey, arazingdan)x2

Arazingdan o‘rgildim-ey, arazingdan