Хошимжон Журахонов – Синглим Текст


Язык песни: Узбекский

Хошимжон Журахонов – Синглим Текст

Duo qilay jon singlim
Yangi hayot yo’linga
Kelin emas qiz bo’lgin
Tushgan xonadoningga

(Yoring ota-onasi aziz
Bo’lsin joningdan)x2

Sadoqatla xizmat qil
Singlim mehriboningga

(Qutluq bo’lsin qadaming
Xudo yor bo’lsin senga
Duo qilay jon singlim
Baxting yor bo’lsin senga)x2

Uyingdagi sirlarni
Hargiz ko’cha bilmasim
Turmushning sinovlari
Toqating toq etmasin

(Xudodan sen so’ragin
Tinchlik baxt iqbolingni)x2

Vafo ila saqlay bil
Hayo ila oringni

(Qutluq bo’lsin qadaming
Xudo yor bo’lsin senga
Duo qilay jon singlim
Baxting yor bo’lsin senga)x2

Mening ozoda singlim
Mening beg’uborimsan
Sen mening oq yuzimsan
G’ururimsan orimsan

(Yaxshi yomon gaplarga
Rozi bo’lib ket singlim)x2

Allohga omonatsan
Baxting tomon yet singlim

(Qutluq bo’lsin qadaming
Xudo yor bo’lsin senga
Duo qilay jon singlim
Baxting yor bo’lsin senga)x2