Фаррух Раимов – Борингча севай Текст


Язык песни: Узбекский

Фаррух Раимов – Борингча севай Текст

Senla go‘zal baxtimizni qurgim bor
Yonginangda tog‘dek bo‘lib turgim bor
Jannatlarda hali birga yurgim bor
Borimcha sev meni, boringcha sevay

Arazlama gohi qattiq gapirsam
Bilib-bilmay ranjitsam, xafa qilsam
Chidolmayman ko‘zlaringda yosh ko‘rsam
Borimcha sev meni, boringcha sevay

Vaqt degani uchar shamol daydi-da
Yillar umrimizni olib qo‘ydi-da
Gohi sog‘man, gohi xasta paytimda
Borimcha sev meni, boringcha sevay

Bizni uchrashtirgan taqdir yo‘llari
Birga bog‘lab qo‘ygan ishqning qo‘llari
Senga bo‘lsin butun mehrim gullari
Borimcha sev meni, boringcha sevay

Ko‘ngil qo‘yma bu yolg‘onchi dunyoga
Ishonmagin yo o‘tginchi yalloga
Sabr qilgin ko‘marman zar-tilloga
Borimcha sev meni, boringcha sevay

Senga muhabbatim yo‘qdir adog‘i
Istasang sen uchun jonimni beray
Ey mehri zilolim, ko‘zim qarog‘i
Borimcha sev meni, boringcha sevay

Senla go‘zal baxtimizni qurgim bor
Yonginangda tog‘dek bo‘lib turgim bor
Jannatlarda hali birga yurgim bor
Borimcha sev meni, boringcha sevay