Ойбек Абдурахмонов – Армонимсан Текст


Язык песни: Узбекский

Ойбек Абдурахмонов – Армонимсан Текст

Bevafo yor boyvachchani tanho bilib
Ishqimni xor aylagan bir ozorimsan
Qabr qazding yuragimga o‘yib-o‘yib
Yuragimga ko‘milgan bir mozorimsan (2x)

Bir bevafo qo‘llarida xor bo‘lasan
Bir kun kelib yo‘llarimga zor bo‘lasan
Alamlarda yonib-kuyib ming o‘lasan
Yurakda dog‘ qolib ketgan armonimsan (2x)

Armon deya atagayman bag‘ri toshim
Seni deya egildi bu mag‘rur boshim
O‘lsam agar o‘yib yozgin qabr toshim
Yuragimga ko‘milgan bir mozorimsan (2x)

Har kun kutdim yo‘ling poylab zor-zor
Muhabbatim olib chiqib sotding bozor
Shirin so‘zlab aldab ketgan ayyorimsan
Seni sevgan men yaxshisi yomonisan (2x)

Bir bevafo qo‘llarida xor bo‘lasan
Bir kun kelib yo‘llarimga zor bo‘lasan
Alamlarda yonib-kuyib ming o‘lasan
Yurakda dog‘ qolib ketgan armonimsan

Har kun kutdim yo‘ling poylab zor-zor
Muhabbatim olib chiqib sotding bozor
Shirin so‘zlab aldab ketgan ayyorimsan
Seni sevgan men yaxshisi yomonisan