Жалолиддин Ахмадалиев – Жаноним Текст


Язык песни: Узбекский

Жалолиддин Ахмадалиев – Жаноним Текст

Visoling dil qumsaydi
Qaysar yurak ko‘nmaydi
Bundan og‘ir dard bo‘lmaydi
Janonim-a janoonim

Daydi dilim, telba dilim
Takrorlaydi isming tilim
Anor ko‘ksim tilim-tilim
Hayronim-a hayronim

Yetolmayman imkonim yo‘q
Uzun yo‘llar bo‘ldi qisqa
Muhabbatsiz o‘lganim yo‘q
Janonim-a janonim

Sevdim desam kulganding-a?
Sezdirmayin kuyganding-a?
Meni yomon sevganding-a?
Sarsonim-a sarsonim
Sarsonim-a sarsonim

Vasling izlab kim topdi?
Mehring izlab kim topdi?
Bizga baxt eshik yopdi
Armonim-a armonim

Ozoringdan o‘lsaydim
Qolmasmidi armonim
Sevmasang ham sevsaydim
Janonim-a janonim

Gulga qiyos etmam sira
Sen qalbimni tilib ketgan
Gul tikonin mendan so‘ra
Yomonim-a yomonim

Yuragimga tig‘dek botar
Gulim desam tikoning
Ikki o‘tda kuyib o‘tar
Jaloling-a Jaloling
Jaloling-a Jaloling